Donald Tramp 27 yoshli Kerolayn Livittga Oq uy matbuot kotibi lavozimini berdi. U mazkur xizmat tarixidagi eng yosh rahbar bo‘ladi.
Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish”ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Oq uydagi Oval kabinetda saylangan prezident Donald Tramp bilan uchrashdi. Bayden, avval ham aytilganidek, hokimiyatni topshirish silliq kechishiga ishontirdi.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘zining yangi ma’muriyatini shakllantirmoqda. Davlat kotibi lavozimini Trampning ishonchli vakili Marko Rubio egallashi kutilmoqda. Saylovoldi kampaniyasini de-fakto boshqargan Syuzan Uayls esa Oq uy ma’muriyati rahbari bo‘ladi. Tafsilotlar.
Donald Tramp uni saylov chog‘ida qo‘llab-quvvatlagan Ilon Maskni hukumatning samaradorlik departamenti yangi rahbari etib tayinladi. Tramp, shuningdek, Pentagon rahbari lavozimiga Fox News boshlovchisi nomzodini ilgari surdi.
Ukraina taklif etgan “g‘alaba rejasi”ning ikkita bandi Donald Tramp uchun maxsus ishlab chiqilgan, deb yozadi Financial Times. Ukraina resurslaridan birgalikda foydalanish va Yevropadagi AQSh qo‘shinlarini ukrainlarga almashtirish bandlari shular jumlasidan.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va uni Ukrainadagi eskalatsiyadan qochishga chaqirdi, deb yozmoqda Washington Post. Kreml suhbat bo‘lganini rad etmoqda.
AQSh Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell Donald Tramp undan ishdan ketishni talab qilgan taqdirda ham bunday qilmasligini ta’kidladi. Pauell, shuningdek, jurnalistlarning “AQSh prezidenti sizni ishdan olishi mumkinmi”, degan savoliga qisqa qilib “yo‘q”, deb javob berdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyin xalqqa murojaatida hokimiyat Donald Trampga “tinch va tartibli” o‘tishini ta’minlashini aytdi. “Biz mamlakat tanlovini qabul qilamiz”, — dedi u.
Iqtisodchi Botir Qobilov Donald Tramp AQSh iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi ekanligini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, Tramp Oq uyga qaytgach, import bojlarining oshirishga, soliqlar bo‘yicha chegirmalar berishga va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga urinib ko‘radi.
Donald Tramp to‘rt yillik tanaffusdan keyin Oq uyga qaytib, AQShning 47-prezidenti bo‘ladi. Amerika matbuoti uning g‘alabasiga qanday munosabat bildirmoqda — “Gazeta.uz” obzorida.
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari uning davrida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sheriklikning yangi davri boshlanganini eslab, Trampni O‘zbekistonga taklif qildi. “Do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishdan manfaatdormiz”, — dedi u.
AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Floridada yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, o‘zini AQShning 47-prezidenti deb atadi. “Bu Amerika xalqining hayratlanarli g‘alabasi bo‘lib, bizga uni yana buyuk qilish imkonini beradi”, — dedi u. Ovozlarni sanash hali tugagani yo‘q.
AQShda 5-noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi — Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris, respublikachilardan esa sobiq prezident Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilgan. Ular prezident bo‘lsa nima qilmoqchi? Nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqa javoblar.
AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.
AQShda prezidentlikka nomzod Donald Tramp golf o‘ynayotgan golf klubi yaqinida otishma yuz berdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi, FQB sobiq prezidentga qarshi ehtimoliy suiqasdga urinishni tekshirmoqda. Bu so‘nggi ikki oy ichidagi mana shunday ikkinchi hodisadir.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.
AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Zalda tomoshabinlar bo‘lmaydi, raqiblarning mikrofonlari esa navbat bilan yoqiladi.
Maxsus prokuror Jek Smit Donald Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishi bo‘yicha yangi ayblov xulosasini sudga berdi. Hujjat Oliy sudning AQSh sobiq prezidentlarining qisman jinoiy immunitetga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting